Birinchi Bosqich

Barqaror va Integrallashgan Shahar Modeli

Loyihaning birinchi bosqichi 530 gektar maydonni qamrab olib, shahar infratuzilmasining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha to‘rtta yirik funksional zonaga bo‘lingan. Ushbu zonalar o‘zaro uyg‘unlikda ishlashi, iqtisodiy samaradorlikni oshirishi va aholiga qulay yashash muhitini yaratishi ko‘zda tutilgan.

Sanoat zonasi – iqtisodiy rivojlanish lokomotivi (340 gektar)

Sanoat zonasi loyihaning eng yirik va eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib, umumiy maydonning katta qismini egallaydi. Ushbu hudud ishlab chiqarish, texnologik rivojlanish va yangi ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilgan.

Logistika zonasi – samarali ta’minot zanjiri markazi (35 gektar)

Logistika zonasi sanoat zonasi bilan bevosita bog‘langan bo‘lib, yuk tashish, saqlash va qayta ishlash jarayonlarining uzluksizligini ta’minlaydi.

Turar-joy zonasi – qulay yashash muhiti (35 gektar)

Loyiha doirasida ishlovchi va yashovchi aholi uchun zamonaviy, xavfsiz va qulay turar-joy infratuzilmasi yaratiladi.

Savdo va ma’muriy markaz – loyihaning yuragi (120 gektar)

Savdo va ma’muriy markaz butun Smart City loyihasining biznes, xizmat va ijtimoiy faoliyat markazi hisoblanadi.

sanoat zonalari

Birinchi bosqich sanoat zonasi konsepsiyasi

Kichik sanoat zonasi (Small Industry – 46 gektar)

Kichik sanoat zonasi 1500 m² dan kam maydonda faoliyat yurituvchi ishlab chiqarish va servis obyektlari uchun mo‘ljallangan. Ushbu hududning asosiy vazifasi — kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalarni tezkor ishlab chiqarishga joriy etish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishdan iborat.

Mazkur zona moslashuvchan rejalashtirish tamoyiliga asoslanib, turli soha vakillarining samarali faoliyat yuritishiga imkon beradi. An’anaviy materiallar va hunarmandchilik mahsulotlari, To‘qimachilik va tayyor kiyim-kechak, Yog‘och mahsulotlari va mebel, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat sanoati, Qog‘oz, plastmassa va rezina texnologiyalari, Qurilish materiallari va texnologiyalari sanoati shular jumlasidandir.

Kichik sanoat zonalari aniq bloklarga bo‘lingan, ichki yo‘l tarmoqlari bilan ta’minlangan, logistika va boshqa sanoat zonalari bilan qulay bog‘langan. Bu holat ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini, xomashyo va tayyor mahsulotlar harakatining tezkorligini ta’minlaydi.

Markaziy Osiyo Smart City loyihasining birinchi bosqichidagi kichik sanoat zonasi zamonaviy shahar iqtisodiyotining muhim bo‘g‘ini sifatida aniq rejalashtirish, sohaviy xilma-xillik va texnologik yo‘nalishlar ushbu hududni nafaqat ishlab chiqarish maydoni, balki innovatsion va barqaror rivojlanish markaziga aylantiradi.

O‘rta sanoat zonasi (164 gektar)

O‘rta sanoat zonasi 1 501 m² dan 5 000 m² gacha bo‘lgan ochiq va yopiq ishlab chiqarish maydonlarida faoliyat yurituvchi sanoat obyektlari uchun mo‘ljallangan. Ushbu zona kichik sanoatdan yirik sanoatga o‘sib borayotgan korxonalar uchun eng maqbul muhitni yaratadi.

Hudud zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ichki va tashqi transport yo‘llari, logistika va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi bilan to‘liq ta’minlanishi rejalashtirilgan. Ushbu hududda Mashina qismlarini yig‘ish, Avtomobil sanoati sub-tarmoqlari, Kimyo sanoati, Elektr va elektronika mahsulotlari, Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va Yengil sanoat maxsulotlari ishlab chiqarishga mo’ljallangan.

Markaziy Osiyo Smart City loyihasining birinchi bosqichidagi o‘rta sanoat zonasi sanoat ekotizimining markaziy bo‘g‘ini hisoblanadi. Bunday puxta hududiy rejalashtirish, ishlab chiqarish yo‘nalishlarining xilma-xilligi va ekologik talablarning inobatga olinishi ushbu zonani zamonaviy, raqobatbardosh va barqaror sanoat hududiga aylantiradi.

Yirik sanoat zonasi (130 gektar)

Yirik sanoat zonasi 5 001 m² va undan ortiq maydonga ega ishlab chiqarish obyektlari joylashtiriladigan hudud hisoblanadi. Bu zonada yuqori kapital talab qiluvchi, keng infratuzilmaga ehtiyoj sezadigan va uzoq muddatli sanoat faoliyati yurituvchi korxonalar faoliyat ko‘rsatadi.

Hudud quyidagi ustunliklarga ega keng ishlab chiqarish maydonlari, og‘ir sanoat uchun moslashtirilgan muhandislik tarmoqlari, yuqori quvvatli elektr, gaz va suv ta’minoti, yirik yuk transporti uchun mo‘ljallangan yo‘l va logistika infratuzilmasi.

Yirik sanoat zonasi shaharning asosiy transport yo‘laklariga chiqish imkoniyatiga ega, logistika va ombor zonalari bilan uzviy bog‘langan, ekologik va sanitariya talablarini inobatga olgan holda joylashtirilgan.

Hududning alohida bloklarga ajratilishi yirik sanoat obyektlarining xavfsiz, mustaqil va samarali faoliyat yuritishini ta’minlaydi.

Yirik sanoat zonasida joylashtiriladigan har qanday faoliyat turi ekologik ta’sirni baholash (Environmental Impact Assessment – EIA) natijalariga asoslanib amalga oshiriladi. Bu atrof-muhitni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligini ta’minlash, barqaror rivojlanish tamoyillariga qat’iy rioya etish uchun muhim mexanizm hisoblanadi.

So'ralgan Savollar

Central Asia Smart City haqida bilishingiz kerak bo'lgan hamma narsa

Biz aqlli shaharning yirik loyihasiga sarmoya kiritish aniqlik va ishonchni talab qilishini tushunamiz. Quyida investorlarimiz, hamkorlarimiz va bo'lajak rezidentlarimiz tomonidan beriladigan eng keng tarqalgan savollarga javoblar keltirilgan

Central Asia Smart City — aqlli texnologiyalar, barqaror infratuzilma va iqtisodiy imkoniyatlarni birlashtirishga mo‘ljallangan innovatsion shaharsozlik loyihasi. An'anaviy shaharlardan farqli o'laroq, biz sun'iy intellekt asosidagi boshqaruv, erkin iqtisodiy zonalar, mintaqaviy moliya markazi va Markaziy Osiyodagi eng yirik logistika markazi bilan kelajakka mos muhitni taklif etamiz.

Investorlar turli imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin, jumladan:
✅ Ko'chmas mulk va infratuzilmani rivojlantirish
✅ Texnologiya va innovatsiyalarga asoslangan biznes
✅ Markaziy Osiyo moliya markazida moliyaviy xizmatlar
✅ Erkin iqtisodiy zonalar doirasidagi sanoat loyihalari
✅ Logistika va ta'minot zanjirini kengaytirish

Biz biznes uchun qulay siyosat, soliq imtiyozlari va investorlar uchun yuqori salohiyatli bozorni taqdim etamiz.

Erkin iqtisodiy sanoat zonalari ishlab chiqarish, texnologiya, savdo va logistika kabi sohalarni qo‘llab-quvvatlash uchun soliqqa qulay muhit, soddalashtirilgan qoidalar va jahon darajasidagi infratuzilmani taqdim etadi. Bu uni tejamkor va strategik biznesni kengaytirishni qidirayotgan startaplar, transmilliy korporatsiyalar va sanoat korxonalari uchun ideal joyga aylantiradi.

Hamkor yoki investor bo'lish juda oddiy! Siz:
📩 Bizning investitsiya jamoamiz bilan bizning veb-saytimiz orqali bog'laning
📊 Loyiha haqida batafsil hisobot va investitsiya rejalarini so'rang
🤝 Mutaxassislarimiz bilan moslashtirilgan imkoniyatlarni muhokama qilish uchun uchrashuv tayinlang

Biz global sarmoyadorlar, tadbirkorlar va korporativ yetakchilarni ushbu o'yinni o'zgartiruvchi "aqlli shahar" loyihasining bir qismi bo'lish uchun qutlaymiz!

Bizning Hamkorlar