Turar joy va tijorat obyektlarining faol qurilishi, infratuzilmaning rivojlanishi hamda shahar muhitining o‘zgarishi qurilish loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichlariga qo‘yiladigan talablarni oshirmoqda. Bugungi kunda obyektni qurishning o‘zi yetarli emas. Materiallar sifati, texnologik yechimlar, arxitektura, foydalanish xususiyatlari va iqtisodiy samaradorlik ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu sababli tajriba almashish va bozordagi dolzarb yechimlar bilan tanishish qurilish kompaniyalari, arxitektorlar, loyihachilar, ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uchun tobora muhim bo‘lib bormoqda.

2026-yil 19–21-noyabr kunlari Toshkentda CAEx Build & Co. 2026 — qurilish, qurilish materiallari va dizayn bo‘yicha 3-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Bu yilgi ko‘rgazmada O‘zbekiston, Xitoy, Turkmaniston va boshqa mamlakatlardan 90 dan ortiq kompaniya ishtirok etadi. Eksponentlar qurilish sohasining turli yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan materiallar, uskunalar, texnologiyalar va yechimlarni taqdim etadi.

Ko‘rgazma ekspozitsiyasi bilan bir qatorda, biznes dasturida sohaga oid keng doiradagi professional masalalar muhokama qilinadi. O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan 30 dan ortiq spiker qurilish, arxitektura, loyihalash, urbanistika va shahar muhitini rivojlantirish mavzularida ma’ruzalar qiladi hamda muhokamalarda ishtirok etadi. Shuningdek, amaliy mahorat darslari ham tashkil etiladi.

CAEx Build & Co. 2026 — bir tashrif davomida bozordagi takliflar bilan tanishish, ishlab chiqaruvchilar va soha mutaxassislari bilan bevosita muloqot qilish, amaliy yechimlarni o‘rganish hamda professional hamkorlik uchun yangi aloqalar o‘rnatish imkoniyati.

Qurilish va loyihalash tashkilotlari vakillari, arxitektorlar, dizaynerlar, ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va sohaning boshqa mutaxassislarini ko‘rgazmaga taklif etamiz.

CAEx Build & Co. 2026

📅 2026-yil 19–21-noyabr
🕙 10:00–18:00
📍 Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx), Toshkent

Tashrif buyuruvchilar uchun kirish ro‘yxatdan o‘tish orqali bepul amalga oshiriladi.

—--------------------