Global Smart Cities Alliance konsorsiumi aʼzosi — AR Group bosh ofisida xalqaro miqyosdagi muhim strategik uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqot markazida Alyans tomonidan amalga oshirilayotgan keng koʻlamli loyihalar doirasida LG kompaniyasining ilgʻor aqlli shahar yechimlari — "Raqamli qatlam tuzilmasi va infratuzilma" konsepsiyasini yagona shahar loyihasida toʻliq integratsiya qilish masalasi muhokama qilindi.
Muzokaralarda Global Smart Cities Alliance taʼsischisi Avazbek Abdulxaev, AR Group rahbariyati, LG direktori Justin Kim, One LG Solutions rahbari Hundred Baek hamda NCG Group raisi Jang İl-Kweon ishtirok etdilar.
Uchrashuv doirasida loyihani boshidan oxirigacha ishlab chiqish, shaharsozlik va huquqiy standartlarni yaratish hamda boshqaruvni taʼminlaydigan professional jamoani shakllantirish masalalari koʻrib chiqildi. Tomonlar qisqa muddat ichida qoʻshma ishchi guruhni tuzish va loyihani amalga oshirish boʻyicha aniq yoʻl xaritasi (Roadmap)ni ishlab chiqishga kelishib oldilar.

